Texnikum yangiliklaridan xabardor bo'ling
2024-yilning 25-iyun sanasida Samarqand temir yo'l texnikumida 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar forumi tashkil etildi. Madhiya sadolari ostida boshlangan tadbirni Samarqand temir yo'l texnikumi direktori Isomov Oybek Sayfiddinovich ochib berdi.
Tadbirda Samarqand viloyati transport prokurori, adliya maslahatchisi Alixonov Bexzod Nizomidinovich, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Diltortar novalar va raqslarga boy chiqishlari bilan tashrif buyurgan mehmon san‘atkorlar o‘quvchilar tomonidan ko‘tarinki ruhda qarshi olindi.
2024-yilning 31-may kuni Samarqand temir yo'l texnikumida sportning mini-fudbol turi bo'yicha "Transport prokurori kubogi-2024" musobaqasining Final bosqichi bo'lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand viloyat transport prokurori, adliya maslahatchisi Alixonov Bexzod Nizomidinovich va Samarqand temir yo'l texnikumi direktori Isomov Oybek Sayfidinovich ishtirok etishib, musobaqa g‘oliblari va tashkilotchilarni qutladi.
Samarqand temir yo’l texnikumi sifatida 1932 yilda tashkil topgan. O'zbekiston Respublikasi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining 2002 yil 30 noyabrdagi №327-sonli va <<O'zbekiston temir yo'llari>> Davlat aksiyadorlik jamiyatining 2003 yil 20 fevraldagi 66-N-sonli buyruqlari asosida texnikumga Samarqand temir yo'l transporti kasb-hunar kolleji maqomi berilgan. O'zbekistom Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Profissional ta'lim tizimi yana takomillashtirishga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-sonli farmoni hamda "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 2 dekabrdagi 1327-N-sonli buyrug'iga asosan Samarqand temir yo'l texnikumi sifatida qayta tashkil etildi.
Isomov Oybek Sayfiddinovich
1986-yil Pastdarg’om tumanida tavallud topgan. 2009-yil Toshkent temir yo’l muhandislari inistituti, Elektromehanika fakultetini tamomlab, ushbu yili Samarqand temir yo'l kasb-hunar kollejiga O'qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2019 yilga qadar o'qituvchilik va bo'lim boshlig'i lavozimlarida ishlab kelgan. 2019 yil 19 may kunidan boshlab Samarqand temir yo'l texnikumi direktori bo'lib ishlab kelmoqda.
Samarqand temir yo'l texnikumi ishlab chiqarish ta'limi bo‘yicha direktor o'rinbosari.
Samarqand temir yo'l texnikumi o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari.
Bo’lim boshlig’i.
Xodimlar bo’yicha nozir.
Bosh hisobchi.
Hisobchi.
Ichki nazorat inspektori.
Hisobchi (Kontrakt).
Metodik bo’lim boshlig’i.
Bo’lim boshlig’i.
Axborot texnologiyalarini joriy etish yetakchi mutaxasisi.
8:00 - 16:00
AI Website Builder